Vaqt: Nov. 16, 2021

Orol dengizining qurigan tubida oʻrmon barpo etish.

Orol dengizining qurigan tubida oʻrmon barpo etish orqali kelajakda bizni kutayotgan yanada ayanchli ekologik oqibatlarning oldini olish mumkin. Oʻrta yoshli voyaga yetgan 1 tup saksovul daraxti  oʻz ildizi bilan 10 tonna qumni ushlab qolar ekan.  Bu borada “Orolboʻyi mintaqasida olib borilayotgan islohotlar, amalga oshirilayotgan xalqaro loyihalar” mavzusida AOKAda oʻtkazilgan matbuot anjumanida Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi mutaxassislari fikr bildirdilar.  

Jumladan, shamol tezligi 2 yillik saksovulzorda – 20% ga, 4 yillik saksovul oʻrmonida – 40% ga, 5 yillik oʻrmonda – 60% ga, 6 yillik oʻrmonlarda – 80% ga kamayadi. 7 yillik saksovulzorda shamol tezligi butunlay toʻxtaydi. Havoning chang-qumli tuzlar bilan ifloslanishi 6 barobarga kamayadi. Bundan tashqari, 1 gektar maydondagi 4 yillik saksovul-cherkez oʻrmonzori 1 yilda 1158 kg is gazini yutib, 835 kg kislorod ajratadi. Oʻrmonzorlar barpo boʻlgan yerlarda ekotizim tiklanadi.

Barcha yangiliklar