Vaqt: Nov. 11, 2021

   "Yashil makon" umummilliy loyiha.

Prezident Shavkat Mirziyoyev shaharlar, tuman markazlari hamda aholi punktlarida ekologik vaziyat va havo tozaligini yaxshilash maqsadida «Yashil makon» umummilliy loyihasini amalga oshirishga bag‘ishlangan videoselektorda 10 dekabrga qadar daraxt ekish bo‘yicha «dolzarb 40 kunlik» e'lon qilinishini ma'lum qilgan edi.  
 Shu munosabat bilan Milliy tabiat boglari va ovchilik boshqarmasi hamda tuman hokimligi Sirdaryo viloyatining M39 yo'lida 5 ga maydonga "Yashil makon" loyihasi  doirasida manzarali daraxtlar ekildi. Birinchi niholni yerga Bosh vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari  Shuhrat Madaminovich G'aniyevning shaxsan o'zlari ekdi. Nihollarning barchasi Sirdaryo tumanining  Qolgansir davlat o'rmon-ov xojaligini o'zida yetishtirilgan.
 

Barcha yangiliklar