Vaqt: Dec. 10, 2021

     O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi  qabul qilinganining 29 yilligi  munosabati bilan Milliy tabiat bog'lari va ovchilik xo'jaliklari boshqarmasining majlis va muzokaralar zalida Zoom platformasi orqali "O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun" mavzusida o‘tkazilgan  tadbirda  Yuristlar malakasini oshirish markazi kafedra mudiri,  professor B.Toshev ishtirok etib, Boshqarma xodimlariga Bosh qomusimizning qabul qilinishi va uning amalda ta'minlanishi bilan bog'liq jarayonlar haqida ma'ruza qildilar. Bundan tashqari 10-dekabr Madhiya qabul qilingan kun munosabati bilan madhiyamiz haqida ham so'z bordi. Davlatimiz tomonidan bo'ladigan har bir muhim voqea ham aynan madhiyamiz bilan boshlanishi, madhiyamizning davlatimiz uchun qanchalik muhim ahamiyat kasb etishi ta'kidlandi.
Tadbir yakunida xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Barcha yangiliklar