Vaqt: Nov. 25, 2021

 

O‘zbekiston vakili Qo‘mita va Komissiyani 2021 yil 22 noyabrda bo‘lib o‘tgan “Kavkaz va Markaziy Osiyoda o‘rmon landshaftini tiklash bo‘yicha yutuqlar – muammolar – intilishlar” mavzusidagi yig‘ilishda asosiy spiker sifatida ishtirok etidi. 
O‘rmon landshaftlarini tiklash va ko‘kalamzorlashtirish strategiyasini taqdim etib, uning asosiy xulosalari haqida ma’lumotlarni sessiya ishtirokchilariga yetkazdi. 
✅Mintaqada o‘rmon landshaftlarini tiklash bo‘yicha tadbirlarni, xususan, milliy siyosatning asosiy tamoyillarini ishlab chiqish orqali kengaytirish va o‘rmon landshaftlarini tiklash bo‘yicha milliy strategiyalar va harakatlar rejalarini ishlab chiqishni qo‘llab-quvvatlashga qiziqish bildirdi;
 

✅Kavkaz va Markaziy Osiyo mintaqasida o‘rmon landshaftlarini tiklash va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha Strategiya loyihasi o‘rmon landshaftlarini tiklash uchun milliy strategiyalar va harakatlar rejalarini ishlab chiqish uchun asos bo‘lib xizmat qilishi haqidagi taklifni qo‘llab-quvvatladi;
 ✅Kavkaz va Markaziy Osiyoda o‘rmon landshaftini tiklash bo‘yicha  Bilimlar almashinuvi platformasini ishlab chiqish taklifini ma’qulladi va uni rivojlantirishga hissa qo‘shishdan manfaatdorligini bildirdi.

Shuningdek, O‘zbekiston vakili panel muhokamasida mamlakatimizda sunggi yillarda o‘rmon va yerlardan barqaror foydalanish mavzusi bilan ishtirok etdi.
Muhokamada prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida  daraxt va buta ko‘chatlarini ekish, shu orqali shaharlardagi yashil maydonlarni  oshirish rejasini ma’lum qildi hamda Orolning qurgan tubida amalga oshirilayotgan kompleks o‘rmonlashtirish tadbirlari borasida ma’lumotlar berildi.

Barcha yangiliklar